O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Mahkum xat va banderollarning kechikib kelayotganidan, o‘zining xatlari tashqariga chiqishi qiyin bo‘layotganidan shikoyat qildi.
Qarshidagi manzil koloniyada Otabek Sattoriy bilan uchrashgan “Ezgulik” jamiyati a’zosi Abdurahmon Tashanov bloger “aprel oxiri, mayning boshlarida” ozodlikka chiqishi mumkinligini ma’lum qildi. Bloger ozodlikka chiqqach, “tinchgina axborot texnologiyalari sohasida ishlamoqchi” ekanini aytgan.
Blogerlar ishtirokidagi shov-shuvli ishlari bilan tanilgan advokat Umidbek Davlatov 42 yoshida vafot etdi. U 1 sentabr kuni uydan boshidagi og‘riqdan shikoyat qilib chiqqan va tez yordam mashinasida — taxminan yurak xurujidan vafot etgan. «Gazeta.uz» uning hamkasblari va ukasi bilan gaplashdi.
Toshkent viloyatidagi Tovoqsoy qamoqxonasida ikki mahkum yashash binosidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga urindi. Mahkumlarda og‘ir tan jarohatlari aniqlangan. Jinoyat alomatlari bo‘lmagani uchun prokuratura jinoyat ishi qo‘zg‘atmadi. Holatga «Ezgulik» jamiyati rahbari hamda Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov hamda amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilishda ayblangan bloger, Sobirjon Boboniyozov 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U Telegram`dagi guruhlardan birida davlat rahbarlarini haqoratlovchi video e’lon qilganligi aytildi. Bloger ushbu harakatlarini mast holatda takroran sodir etgan.
O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovning Kun.uz'ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, rasman yopilgani e’lon qilingan Jasliq qamoqxonasi faoliyat yuritishda davom etmoqda. Uning aytishicha, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan shaxslarni saqlash uchun zamonaviy qamoqxona qurilmoqda. «Shu qamoqxona bitsa, hozir Jasliqda olib qolingan mahkumlar u yerga ko‘chirilarkan», — deydi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting